Agar Angliya va Shotlandiya futbolchilari o‘zaro uchrashuvni lola-qizg‘aldoq tasviri tushirilgan futbolkalarda o‘tkazish fikridan qaytmasa, FIFA ushbu mamlakatlar terma jamoalariga qarshi eng jiddiy sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Bu haqda FIFA bosh kotibi Fotima Samura bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Angliya va Shotlandiya terma jamoalari 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bahslari doirasida “Uembli”da uchrashuv o‘tkazadi. O‘yin 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlarining harbiy ixtiloflarda halok bo‘lgan askarlarni yodga olish kuni hisoblanadi. Lola-qizg‘aldoq Britaniyada harbiy ixtiloflar qurbonlari ramzi hisoblanadi.
FIFA lola-qizg‘aldoq siyosiy ramz ekanligini aytib, ushbu ramz tushirilgan futbolkada o‘yin o‘tkazishni taqiqladi. FIFA qoidalariga muvofiq, futbolchilarning liboslaridagi tasvirlar diniy yoki siyosiy ma’noga ega bo‘lishi kerak emas.
Ammo Angliya va Shotlandiya futbol uyushmalari o‘sha kuni futbolchilarning yenglarida lola-qizg‘aldoq tasviri bo‘lishini va FIFA taqiqi ularni to‘xtatmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)