Xitoy Savdo vazirligi 2-noyabr, chorshanba kuni suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun KXDRga gumanitar yordam tariqasida 20 million yuan (3 million dollar) ajratish rejasi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
KXDR milliy meteorologik boshqarmasining ma’lum qilishicha, Xamgyon-Puktodagi suv toshqini 1945-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli tabiiy ofatga aylandi. Bu yerda 29-avgustdan 2-sentabrga qadar 290 dan 320 millimetrgacha yog‘ingarchilik yog‘di, Tumangan daryosi qirg‘og‘idan toshdi.
Tabiiy ofat oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 400 ga yaqini bedarak yo‘qoldi. 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Viloyatlarda o‘n minglab turar-joy va jamoat binolari vayron bo‘ldi, transport va energetika tizimiga jiddiy zarar yetdi.
Izoh (0)