Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chevrolet Las-Vegasda o‘z ishini boshlagan SEMA tyuning-shousida Colorado Z71 konseptual pikapini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Uni tayyorlashda Nike brendiga tegishli syorfing uchun kiyim va aksessuarlar ishlab chiqaradigan Hurley kompaniyasi yordam berdi. Bu haqda Motor ma’lum qildi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Avtomobil Pyzel kompaniyasining tomda qotiriladigan bir juft doskali ushlagichi, shuningdek, Thule firmasining libos quritish uchun ishlatiladigan yuk platformali maxsus yashigi bilan jihozlandi. 

Foto: Motor

Foto: Motor

Bundan tashqari, pikap Goodyear DuraTrac yo‘ltanlamas pokrishkasiga ega 17 dyuymli g‘ildirak disklari, yuk platformasi qopqog‘i va qo‘shimcha yorug‘lik texnikasiga ega bo‘ldi. Interyerda Hurley kompaniyasining bir necha logotipi paydo bo‘ldi, Colorado Z71 o‘tirgichlari esa gidrokostyumlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan namni qochiruvchi materialdan tikildi. 

Foto: Motor

Foto: Motor

Chevrolet tyuning-shouda mazkur pikapdan tashqari yana 20 ga yaqin boshqa avtomobillarini namoyish etishi kutilmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi