Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Galaxy Note 7 smartfonining 2016-yil yakunida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bu yilgi Xellouin bayramining liboslari uchun ommabop mavzuga aylandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Galaxy Note 7 ning yonib ketish holatlarini har kim o‘z liboslarida turlicha aks ettirdi. Kimdir shunchaki yonayotgan smartfon libosini tanlagan bo‘lsa, ba’zilar o‘zini smartfonning yonishi oqibatida jabrlangan sifatida ifodaladi.
Ma’lumot uchun, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 ning yonib ketishi holatlari tufayli oktabr oyi boshlarida mazkur smartfonning ishlab chiqarilishini to‘xtatgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)