Daryo

OAV: Samsung kompaniyasi Vyetnamdagi zavodida Galaxy Note 7 ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Bunga OAVlarda almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgani sabab bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish13 600 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Samsung Electronics kompaniyasi OAVlarda almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, ushbu qurilmani ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

“Ryonxap” agentligi korporatsiyadagi manbasiga tayanib yozishicha, qaror kompaniya tomonidan Janubiy Koreya, AQSh va Xitoydagi iste’molchilar xavfsizligi uchun javob beruvchi muassasalar bilan hamkorlikda qabul qilingan. “Ushbu choralar Samsung’ning Galaxy Note 7’ni eksport uchun yetkazib beradigan Vyetnamdagi zavodiga tegishli bo‘ladi”, — dedi manba.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Samsung akkumulyator batareyalarida aniqlangan muammolar tufayli, Galaxy Note 7 smartfonlari savdosini to‘xtatgan va ularni yalpi tarzda qaytarib olgan edi.  Natijada kompaniya 1 milliard dollarga yaqin zarar ko‘rdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar