Xitoy janubi-sharqida joylashgan Szyansi viloyatidagi hayvonot bog‘laridan birida Chen ismli yigit katta pandaning qafasiga kirib, u bilan kurash tushdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, yigit ikki dugonasini lol qoldirish maqsadida Mey Ling laqabli pandaning jig‘iga tegmoqchi bo‘lib bir yarim metrlik to‘siq ustidan oshib o‘tgan.
Chen uxlab yotgan jonivorni uyg‘otganidan so‘ng, 120 kilogrammli panda unga tashlangan va u bilan kurash tusha boshlagan. Yigit bir necha daqiqadan so‘nggina jonivorning changalidan chiqib keta olgan.
Xabar berishlaricha, yigitning shimi yirtilgan, lekin o‘ziga hech narsa qilmagan. Kurashdan so‘ng Mey Ling ham ko‘rikdan o‘tkazilgan va unga ham zarar yetmagani aniqlangan.
Hayvonot bog‘i xodimlarining qayd etishicha, yigitning omadi chopgan, chunki pandalar yirtqich, go‘shtxo‘r jonivor hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)