Turkiya politsiyasi “Jumhuriyat” muxolifatchi gazetasining bosh muharriri Murat Sabunju va ushbu nashrning muallifi Gyuray O‘zni hibsga oldi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Avvalroq 31-oktabr, dushanba kuni Turkiyaning CNN Turk telekanali mazkur nashrning jurnalistlari va boshqa xodimlarini hibsga olish haqida 13 ta order berilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Hibsga olish 31-oktabr, dushanba kuni tongda amalga oshirildi. Uning sabablari haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)