Yaponiya G7 a’zosi sifatida Rossiyaga nisbatan Ukrainadagi vaziyat hamda Qrimning qo‘shib olinishi munosabati bilan joriy etilgan sanksion rejimni saqlab qoladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe parlament quyi palatasidagi debatlar chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Yaponiya G7 a’zosi sifatida Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qoladi”, — ma’lum qildi Yaponiya rahbari.
Shu bilan birga, Abe Rossiya bilan har tomonlama, shu jumladan, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning muhimligini aytib o‘tdi.
“Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi nafaqat Rossiyaga, balki Yaponiyaga ham katta foyda keltiradi”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)