Hindiston poytaxti Dehli shahri shimoli-g‘arbida 30-oktabr kuni havo ifloslanishi 1 kub metrda 4 273 mikrogrammni tashkil etdi. Bu haqda Dehli shahrining ifloslanish bo‘yicha nazorat komissiyasi ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Hindistonda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasini ifodalovchi Divali bayrami nishonlandi. Bayram davomida petardalar portlatish va mushakbozlik uyushtirish an’anaga aylangan. Buning oqibatida esa havo ifloslanishi me’yoridan 42 marta oshib ketdi.
Bunday ko‘rsatkich astma va yurak xastaligi bilan kasallanganlar, yosh bolalar va keksalar uchun xavfli sanaladi.
Izoh (0)