Futbol bo‘yicha Belgiya birinchi divizioni doirasidagi “Antverpen” va “Tyubiz” klublari o‘rtasidagi o‘yinda “Tyubiz” darvozaboni unga to‘pni olib bermagan bolboy (to‘p uzatib turuvchi bola)ning yuziga qarata to‘pni uloqtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borayotgan maydon egalari – “Antverpen” futbolchilari o‘yinni cho‘zishga harakat qilayotgandi. Bunda mezbonlarning bolboylari ham yordam berdi.
To‘pni uzatib turuvchi bolalardan biri “Tyubiz” posboni Kventin Bernardoga to‘pni uzatmadi. Bundan g‘azablangan darvozabon to‘pni o‘zi olib, uni bolboyning yuziga qarata uloqtirdi.
Ushbu vaziyat bir zumda maydonda mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Uchrashuv bosh hakami Kventin Bernardoning sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Izoh (0)