21 million nafar AQSh fuqarolari muddatidan oldin prezidentlik saylovida ovoz berib ulgurdi. Bu haqda, The New York Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Muddatidan ilgari berilgan ovozlar ham asosiy saylov kuni — 8-noyabrda sanaladi. Shunga qaramay, jurnalistlar Demokratlarning tarafdorlari Respublikachilarga nisbatan ko‘proq ovoz berganini taxmin qilmoqda. Bu esa Hillari Klintonning imkoniyatlari ko‘proq ekanligidan dalolat bermoqda, deyiladi materialda.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, FQB direktori Jeyms Komi tomonidan Klinton xonimning elektron yozishmalari bo‘yicha ish yuzasidan tergovni qayta boshlash qarori Demokratlarga jiddiy zarba bo‘lishi va hatto saylov kampaniyasini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)