AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 28–29-oktabr kunlari O‘zbekistonda safar bilan bo‘lgan Tomas Shennon kecha, 29-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.
Tashrif chog‘ida Tomas Shennon assotsiatsiyaning yangi binosi va sport inshootlari bilan tanishdi hamda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv yakunida Tomas Shennon assotsiatsiyaning muzeyida joylashgan eksponatlar bilan tanishdi va mehmonlar daftariga o‘zining taassurotlari va tilaklarini yozib qoldirdi.
Izoh (0)