Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodiy BMT bosh kotibi maxsus elchisi Ismoil uld Shayx Ahmadning mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha yangi takliflarini rad etdi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Xodiy Shayx Ahmadni Saudiya poytaxti ar-Riyoddagi vaqtinchalik qarorgohida qabul qildi. U yerda Yaman rahbari taklif etilayotgan reja bilan tanishib chiqqanidan so‘ng uni rad. Prezidentning fikricha, hujjat “mamlakatda to‘ntarish uyushtirgan isyonchi xusiylarni qonuniylashtiradi”.
Izoh (0)