Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonning “Barqi tojik” davlat energetika xoldingi rahbariyati mamlakat elektr ta’minotisiz qolishi sabablarini rasman o‘rganishga kirishdi, maxsus komissiya tashkil etildi. Bu haqda xolding matbuot kotibi Nazirjon Yodgoriy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

“28-oktabr, soat 18 dan 29 daqiqa o‘tganda mamlakat energetika tizimida ko‘zda tutilmagan vaziyat yuzaga kelishi va avariyaga qarshi rele himoyasi avtomatik tarzda ishga tushishi tufayli Tojikistonning deyarli barcha hududida elektr ta’minoti to‘xtatildi. Faqat Tog‘li Badaxshonda uzilish kuzatilmadi. Xolding raisi Mirzo Ismoilzoda davlat telekanallari orqali chiqish qilib, vaziyatni tushuntirdi va aholidan yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘radi”, — deya ta’kidladi matbuot kotibi.

Elektr energiyasini bosqichma-bosqich ulanishi gidroelektr stansiyalar agregatlari va yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining navbatma-navbat ishga tushirilishi natijasida tiklandi. Hozirda respublika energiya tizimi odatiy tartibda ishlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda