Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero Suriyaning Idlib shahridagi maktabga berilgan aviazarba uchun javobgarlikni ushbu mamlakat hukumat qo‘shinlari va uning sheriklari zimmasiga yukladi. Bu haqda, Fransiya TIV matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Suriya rejimi va uning sheriklari tinchlikka rioya etishdan uzoq, ular ushbu bombardimonni amalga oshirdi. Bu hujum xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol tarzda buzilishidir”, — ta’kidladi vazir.
Ilgariroq UNICEF Idlibdagi maktabning bombalanishida 22 bola va olti o‘qituvchi halok bo‘lganini bildirgan edi.
Izoh (0)