Xonanda Rayhon G‘aniyevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i deya aytilayotgan taniqli boshlovchi Farhod Alimov birinchi turmushi va Rayhon bilan qanday munosabatda ekani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men, biz haqimizda, xususan to‘yimiz bo‘layotgani haqida yozilgan maqolalarda: ‘Farhod uylangan yigit-ku’, degan fikrlarni ham o‘qidim. Men ajrashganman”, — dedi Farhod Alimov.
“Bir necha yillik turmushdan so‘ng, sobiq rafiqam bilan bir-birimizga to‘g‘ri kelmasligimizni tushunib yetdik. Farzandlarim bilan haftada 2—3 bor ko‘rishib turamiz. Ajrashgan bo‘lsak-da, sobiq rafiqam bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli boshlovchi.
“Biz Rayhon bilan hozircha shunchaki do‘stona munosabatdamiz. Bir-birimizni 20 yildan beri taniymiz, yaqin do‘stlarmiz. Ayni vaqtda, bizning dardimiz bir. Rayhon bilan munosabatlarimiz haqida biror fikr aytishga hali erta. Hozircha hamma narsa muhokamada”, — deya qo‘shimcha qildi Farhod Alimov.
Rayhon Yigitali bilan ajrashishini e’lon qilishidan bir oy avval bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ishtirokida klip suratga oldirgan
Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi oktabr oyi oxirida bo‘lishi rad etildi
Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi xorijda bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
Izoh (0)