Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimovning nikoh to‘yi qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Bu haqda Farhod Alimov “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“To‘yning Toshkentda emas, chet davlatda bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Hozircha bu haqda biror nima deyishim qiyin”, — dedi Farhod Alimov.
Avvalroq to‘yning 29-oktabrda bo‘lib o‘tishi ham rad etilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni Farhod Alimov Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida boshlovchilik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)