Daryo

Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi oktabr oyi oxirida bo‘lishi rad etildi

To‘yning aynan qachon bo‘lishi hozircha aniq emas

1 daqiqa o‘qish81 092 ko‘rishlar0 izoh0
Farhod Alimov. Foto: MyDay

Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimovning nikoh to‘yi oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tmaydi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Farhod Alimov.Foto: MyDay

“29-oktabr kuni to‘yimiz bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. 29-oktabr kuni men ‘Yakkasaroy’ to‘yxonasida bo‘ladigan to‘y tadbirida boshlovchilik qilaman”, — dedi Farhod Alimov.

To‘yning aynan qachon bo‘lishi hozircha aniq emas.

“Nikoh, u bilan bog‘liq barcha narsa noyabrda, balki, dekabrda ham bo‘lishi mumkin”, — deya Alimovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Darakchi.uz”. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar