AQSh prezidenti Barak Obama kichik qizi Sasha do‘stlari qarshisida Snapchat messenjerida uning ustidan kulgani haqida hikoya qilib berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Obamaning so‘zlariga qaraganda, uning 15 yoshli qizi oilaviy tushlik chog‘idagi suhbatni yozib olib, uni mobil dastur orqali do‘stlariga yo‘llagan.
Obama qizidan Snapchat messenjeri haqida so‘ragan, so‘ng rafiqasi bilan ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati hamda ulardan foydalanishning salbiy va ijobiy jihatlari haqida fikr almashgan.
“Qizim suhbatimizni yozib o‘tirganini payqadim. U yozuvni do‘stlariga yo‘llagan va unga ‘Otam bizga ijtimoiy medianing ahamiyati xususida ma’ruza o‘qiyapti’ degan izoh qoldirgan”, — dedi Obama.
Bu so‘zlarga Sashaning zerikayotgani aks etgan fotosurati ilova qilingan.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, ushbu “ma’ruza” rafiqasi Mishelga va katta qizi Maliyaga ma’qul tushgan.
Izoh (0)