AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti 21-oktabr kuni Iroqning Mosul shahridagi al-Haj Yunus qizlar maktabiga zarba berdi. Ertasi kuni Mosuldan 20 kilometr sharqdagi Qaraqosh va 15 kilometr sharqdagi Xazna aholi yashash punktlari bombalandi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligi xabariga asoslanib, “TASS” ma’lum qildi.
Bundan tashqari, aytilishicha, 23-oktabr AQSh samolyotlari Mosuldan 17 kilometr shimoldagi Qaroqxarob, 34 kilometr janubdagi ash-Sho‘ro aholi punktlariga hujum qildi. Bu yerlarda ko‘plab ijtimoiy binolar vayron qilindi.
Rossiya harbiylarining bildirishicha, umuman olganda, oxirgi uch sutka mobaynida AQSh boshchiligidagi koalitsiya hujumlari oqibatida 60 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, 200 nafari yaralandi.
Izoh (0)