Nitssada Le Grand Hotel direktorlar kengashi a’zosi o‘g‘irlab ketildi

Fransiyaning Nitssa shahrida, Kannda joylashgan 5 yulduzli Le Grand Hotel mehmonxonasi direktorlar kengashi a’zolaridan biri o‘g‘irlab ketildi. Hodisa 24-oktabr, dushanba kuni kunduzi, shahar markazidagi gavjum hududda sodir bo‘ldi, deya xabar beradi BFMTV.

Jaklin Veyra. Foto: le Parisien

Jaklin Veyra.
Foto: Le Parisien

Noma’lum kimsalar ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida 76 yoshli Jaklin Veyrani uyi atrofida avtomobilga solib olib ketdi. Huquq-tartibot xodimlari hozirgacha ayolni topgani yo‘q. Nitssa prokurori Jan-Mishel Pretrga ko‘ra, hodisa yuzasidan “Uyushgan guruh tarkibida odam o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Telekanal 2013-yilda ham Veyrani o‘sha joyning o‘zidan o‘g‘irlab ketishga harakat qilinganini eslatib o‘tdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing