Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) 2017-yilda Rossiya loyihalariga investitsiya kiritishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchak bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Ularning bunday niyati yo‘q. Ular moliyaviy reja qabul qilgan, unda bizning loyihalar yo‘q”, — dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
YeTTB Rossiya loyihalarini moliyalashtirishni 2014-yilda, Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan RFga qarshi sanksiyalar joriy etilishi munosabati bilan to‘xtatgan.
Izoh (0)