Fransiya hukumati qochoqlarning Kaledagi “Jungli” nomi bilan mashhur tartibsiz lagerini ko‘chirish jarayonini boshladi. “RBK”ning yozishicha, 24-oktabr kuni boshlangan ko‘chirish ishlari kamida bir hafta davom etishi mumkin.
Fransiya hukumati turli hisob-kitoblarga ko‘ra 6,5 mingdan 10 minggacha muhojir istiqomat qiladigan lagerni gumanitar sabablar bilan yopishga qaror qilgan.
Qochoqlarni butun Fransiya bo‘ylab tashkil etilgan 450 ta maxsus migratsiya markazlariga joylashtirish rejalashtirilgan. Bu yerda ular tibbiy yordam olishlari va Fransiyadan boshpana so‘rashlari mumkin bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)