Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida temiryo‘l tunnelining qulashi oqibatida 6 kishi vayronalar ostida qoldi. Bu haqda “Chjungo Sinven” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa Yunsyan uyezdidagi temiryo‘l uchastkasida sodir bo‘ldi. Tunnelning takroriy qulashi xavfi tufayli qutqaruvchilar qidiruv operatsiyasini boshlay olmayapti.
Ayni damda vayron bo‘lgan hududni mustahkamlash borasida favqulodda ishlar amalga oshirilmoqda.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganishni boshladi.
Izoh (0)