Shvetsiyaning Dagens Nyheter gazetasi fotojurnalisti Paul Xansen Iroqda snayperning ikki o‘qi bilan yaralandi. U nashr muxbiri Erik Ulsson bilan birgalikda Mosul yaqinida Iroq armiyasi va kurd ko‘ngilli otryadlarining harakatlarini yoritib borayotgan edi, deb xabar beradi “TASS”.
Jurnalistlar Arbilga yetib oldi, u yerda Xansenga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yara jiddiy emasligi aytilmoqda.
Jurnalistlar xavfsizlikda ekanligi aytilmoqda. O‘qlardan biri tanasida qolib ketgani bois Xansen yaqinda operatsiya qilinadi.
Izoh (0)