“Ash-Shabob” terrorchi guruhi jangarilari Somalining markaziy qismidagi Xalgan shahrini qo‘lga oldi. Shahar ichida Afrika ittifoqining Somalidagi missiyasi (AMISOM) joylashgan, deb xabar beradi “TASS”.
Efiopiya harbiylari va AMISOM kuchlari shimolga chekinib, Xiran provinsiyasi markazi Beledueyne (Mogadishodan 300 kilometr shimolda) shahriga o‘rnashdi. Chekinish oldidan ular o‘z bazalari va okoplarini yo‘q qildi.
Somali xavfsizlik kuchlari vakili Muhammad Nur Adanning bildirishicha, shaharga yuk mashinalari va tanklar kelishda davom etmoqda.
Izoh (0)