Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Yaponiya imperatori Akixito bilan 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni muhokama qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, imperator Tokio–2020 da bo‘lib o‘tadigan musobaqalarning bir qismini Fukusimada – 2011-yilda atom elektr stansiyasida avariya sodir bo‘lgan shaharda o‘tkazish taklifini eshitganidan mamnun ekanini ta’kidladi.
“Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyrodagi singari tinchlik va birdamlikka kuchli turtki beradi”, – dedi imperator.
Ma’lumot uchun, Tokio mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyul – 9-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)