Rossiyaning Tambov viloyatida yengil motorli samolyot Kershinskoye suv omborida halokatga uchradi. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uchuvchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib bordi. Zaruriy tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)