Kuba yadroviy qurolsizlanishni birinchi navbatdagi masala deb hisoblaydi. Bu haqda Kuba tomoni 21-oktabr, juma kuni AQSh vakillari bilan Nyu-Yorkdagi muzokaralarda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kuba delegatsiyasining Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan bayonotida ma’lum qilinishicha, yadro qurolining mavjud bo‘lishining o‘zi insonlarning yashashi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.Shu munosabat bilan Kuba yadroviy qurolsizlanishning ustuvorligini tasdiqladi.
Bundan tashqari, Kuba delegatsiyasi mamlakatga nisbatan iqtisodiy, savdo va moliyaviy blokada har ikkala davlat ishtirokchisi bo‘lgan bir qator ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlarga nomuvofiq ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)