21-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Belarus elchisi Nikolay Klakevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida 2016-yil 6-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston–Belarus uchrashuvi davomida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Izoh (0)