“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi muxlislarning Twitter orqali unga bildirgan iliq izohlaridan uyalib ketdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
29 yoshli argentinalik futbolchi jamoadoshlari Xerard Pike, Arda Turan, Ivan Rakitich va Serxi Roberto bilan muxlislarning Twitter’da qoldirgan izohlariga o‘z munosabatini bildirdi.
“Barselona” muxlislari Arda Turanni “afsungar” deb atagan bo‘lsa, Xerard Pikeni mashhur Gangnam Style qo‘shig‘i ijrochisi Psy’ga o‘xshatishdi. Klub muxlislari Ivan Rakitichni o‘ta sodda deb hisobladi.
Futbolchilarning izohlarga munosabati quvonchli bo‘ldi, ammo Lionel Messi unga bildirilgan izohlardan xijolat bo‘ldi. Uni o‘zga sayyoralik deb atagan foydalanuvchining izohini o‘qigan Messi biroz hayajonga tushib, quyidagicha javob qaytardi.
“Men xijolatdaman, hozir terlab ham ketdim. O‘zga sayyoralikdan butunlay farq qilaman. Men oddiy insonman”, – dedi Messi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)