Efiopiya hukumati ommaviy tartibsizliklar tufayli 1,6 mingdan ortiq odamni hibsga oldi. Tartibsizliklar tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hukumatning taxminicha, hibsga olinganlar Efiopiya yaqinda duch kelgan zo‘ravonlikka aloqadorlikda gumonlanuvchilardir. Xavfsizlik kuchlarining ta’kidlashicha, katta miqdordagi qurollar ham qo‘lga olingan.
Oktabr oyi boshida Efiopiyada olti oylik muddatga favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bunga tartibsizliklar bilan birga kechgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi.
Hukumatning yangi farmoyishlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari dastlabki surishtiruvsiz hibsga olishga haqlidir.
Izoh (0)