AQShda Yaponiyaning Takata kompaniyasi tomonidan chiqarilgan avtomobil xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda 20-oktabr, payshanba kuni Amerika Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Boshqarma xodimlarining aniqlik kiritishicha, nosozlik bilan bog‘liq hodisa tufayli Kaliforniya shtatidan 50 yoshli ayol 11-qurbon bo‘lgan. U 30-sentabr kuni Los-Anjeles yaqinidagi Riversayd okrugida yuz bergan avariyada hayotdan ko‘z yumgan.
Takata kompaniyasi 2014-yilda xalqaro mojaro markazida bo‘ldi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan xavfsizlik yostiqchalari avtomobil harakatlanayotgan paytda beixtiyor ochilib ketishi mumkinligi aniqlandi.
O‘tgan yili AQSh Transport vazirligi Takata’ni 70 million dollar jarimaga tortgan edi.
Izoh (0)