Buyuk Britaniyada birinchi marta tropik kasalliklar, shu jumladan, Zika virusini tarqatuvchi chivinlarning tuxumi aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Stenford Universiteti o‘quvchilari muassasa atrofida ko‘plab genetik kasalliklar, jumladan, Zika virusini tarqatuvchi Osiyo yo‘lbarssimon chivinlari paydo bo‘lgani haqida ogohlantiruvchi xabarlar yo‘lladi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hasharotlarning hududda paydo bo‘lganini isbotlovchi boshqa dalillar yo‘q.
“Biz Buyuk Britaniyada yashovchi barcha turdagi chivinlarni doimiy ravishda kuzatib boramiz va mamlakat uchun yangi bo‘lganlarni qidiramiz. Hududlar monitoringi yangi turdagi chivinning paydo bo‘lganini isbotlovchi boshqa dalillar yo‘qligini ko‘rsatdi”, – deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.
Izoh (0)