Nissan Motor kompaniyasi Mitsubishi Motors Corporation (MMC) mashina ishlab chiqaruvchisining 34 foiz aksiyalariga ega bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
MMC 237 milliard iyenalik 2,29 milliard 506 million aksiya chiqardi. Ularning bari Nissan Motor tomonidan sotib olindi.
Nissan prezidenti va bosh direktori Karlos Gon 14-dekabrdan Mitsubishi Motors direktorlar kengashiga boshchilik qiladi. Shuningdek, kengashga Nissan’ning uch menejeri qo‘shiladi. Direktorlar kengashining ilgarigi raisi va kompaniya prezidenti Osamu Masuko MMC bosh direktori lavozimini egallaydi.
Izoh (0)