Aleppo shahridagi gumanitar tanaffus yana bir sutkaga uzaytiriladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“RF Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Vladimirovchi Putinning topshirig‘i bilan gumanitar tanaffusni yana bir sutkaga uzaytirish qarori qabul qilindi. Aleppoda gumanitar tanaffusning uzaytirilishi Suriya Arab Respublikasi rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, — ma’lum qildi u.
Aleppodagi gumanitar tanaffus 18-oktabr mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da boshlandi. Suriya va Rossiya aviatsiyasi shahardagi nishonlarga zarba berishni to‘xtatdi.
Ilgariroq BMT Rossiya yana ikkita 11 soatlik gumanitar tanaffus o‘tkazishini ma’lum qilgan edi. Reuters’ning bildirishicha, Suriya armiyasi sulh tartibiga payshanba, juma va shanba kunlari amal qilishi haqida xabar tarqatdi.
Izoh (0)