Wylsacom videoblogeri rolikni tasvirga olish uchun maxsus o‘tga chidamli kostyum, pirometr va termal kamera topdi, deb yozadi TJournal.
Eng birinchi partiyada chiqarilgan smartfon ataylab Xitoyning yasama zaryadkasi orqali quvvat oldirildi va parallel ravishda unda turli ilovalar ishga tushirildi.
Selsiy bo‘yicha 48 darajagacha qizigan smartfon qotib qoldi, barcha ilovalarni yopdi va tezda soviy boshladi. Note 7 sharfga o‘rab quvvat oldirilganda ham o‘t chiqmadi.
Wylsacom’ning ta’kidlashicha, chaqirib olingan smartfonlardan aksariyati aslida xavfsiz bo‘lib, nuqsonli qurilma egalari uchungina real xavf mavjud.
Izoh (0)