Saudiya Arabistoni 19-oktabr, chorshanba kuni xalqaro bozorga birinchi adad obligatsiyalarini joylashtirdi. Emissiya hajmi 17,5 milliard dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, talab 67 milliard dollarni tashkil etdi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari joylashtirgan rekord hajmdagi obligatsiyalardir. Ilgarigi ko‘rsatkich Argentinaga tegishli edi — u shu yili 16,5 milliard dollarlik bondlar chiqargan edi.
Dastlab Saudiya 10–15 milliard dollar hajmida obligatsiyalar joylashtirishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Izoh (0)