“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi 3-tur o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“‘Manchester Siti’ga qarshi uchrashuv men va Gvardiola o‘rtasidagi kurash bo‘lmaydi. Hal qiluvchi omil futbolchilarning xatti-harakati bo‘ladi. Raqib jamoa futbolchilari yuqori individual mahoratga ega. Ammo ular murabbiyi yordamida o‘yinini jamoaviyga aylantirishi ham mumkin. Ushbu o‘yin biz uchun rag‘batlantiruvchi bo‘ladi. Gvardiola mavsum oralig‘ida jamoaning o‘yiniga katta ta’sir o‘tkazib bo‘lgandi”, – dedi Luis Enrike.
Ma’lumot uchun, YChL turniri “C” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Manchester Siti” uchrashuvi bugun, 19-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Izoh (0)