Bortida Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi futbolchilari ketayotgan samolyot uchuvchisi kabinasining oynasida tirqish paydo bo‘lgani tufayli havo kemasi Vengriyada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, samolyot oynasiga qush tegib ketgani bois tirqish hosil bo‘lgan.
Klub tarqatgan xabarga ko‘ra, vaziyat xavotirga sababli bo‘larli darajada emas. Jamoa a’zolarini olib ketish uchun Istanbuldan boshqa samolyot yo‘lga chiqdi.
20-oktabr kuni “Fenerbaxche” Angliyada Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh (0)