Iroq hukumat qo‘shinlari Mosul shahri qamalini boshlaganidan so‘ng shahardan 900 kishi qochdi. Bu haqda BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakillari BBC’ga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qochqinlar Suriya hududida, Iroq chegarasi yaqinida o‘rnatilgan chodirli qarorgohga joylashtirildi. Shahardagi vaziyat barqarorlashmaguniga qadar qochqinlar o‘sha yerda qoladi.
Shu bilan birga, BMT qochqinlar qiyofasida Mosuldan jangarilar chiqishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi.
Izoh (0)