Quyi Avstriyaning Vizelburg shahrida 19-oktabr kuni shahar cheti poyezdi tovar vagonlari bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida elektrichkaning 16 yo‘lovchisi jarohat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aytilishicha, ikkita tovar vagoni kutilmaganda harakatlana boshlagan. Ular 12 kilometr yo‘l bosib, so‘ng stansiyada turgan elektrichka bilan to‘qnashgan.
Voqea joyida 40 nafar qutqaruvchi ishlamoqda.
Izoh (0)