Amerikalik olimlar plazma bosimining eng yuqori darajasiga erishib, termoyadroviy sintez sohasida ulkan o‘zgarish yasadi. Bu haqda, Gizmodo’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Massachusets texnologiya universiteti fiziklari bu haqda Yaponiyada o‘tgan Xalqaro atom energiyasi agentligi sammitida ma’lum qildi.
Olimlar guruhi Alcator C-Mod tokamak uskunasi ustida ishlamoqda.
Tokamak toroidal kamera bo‘lib, boshqariluvchi termoyadroviy sintez uchun zarur sharoitni yaratishga mo‘ljallangan. Olimlar 50 yil mobaynida energiya olish uchun yaroqli termoyadroviy sintez o‘tkazishga urinib keldi, ammo shu paytgacha muvaffaqiyatga erishilmadi.
Amerikalik fiziklar plazmani qalinlashtirish uchun o‘ta kuchli magnit maydonlaridan foydalandi, buning natijasida ichki bosim ikki atmosfera darajasiga yetdi. Bu plazma barqarorligi uchun yetarli emas, ammo rekord, tadqiqotchilarning fikricha, energetik manfaatli reaktorlar sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Tajribadan so‘ng Alcator C-Mod buzib tashlandi. Endigi ishlanmalarda Fransiyadagi Xalqaro termoyadroviy tajribaviy reaktordan (ITER) foydalaniladi.
Izoh (0)