Valiahd shahzoda Maxa Vacheralongkornning Tailand taxtiga chiqishi oktabr oyining oxiridan ertaroq sodir bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ocha jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Kamida 15 kunlik motamdan so‘ng Konstitutsiyaning 23-moddasini qo‘llash haqida gapirish mumkin”, — dedi u, taxt merosiyligi haqidagi tartibni nazarda tutarkan.
Bosh vazir qirollik aholisini bu borada tashvishlanmaslikka chaqirdi.
Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet vafot etganidan so‘ng uning merosxo‘ri, valiahd shahzoda Maxa Vacheralongkorn taxtga chiqish jarayonini bir muddatga ortga surishni so‘radi. Ayni paytda mamlakatga qirol huzuridagi maxfiy kengash raisi Prem Tinsulanon rahbarlik qilmoqda.
Izoh (0)