AQShda achchiq ovqat yeyish bo‘yicha musobaqa ishtirokchilaridan biri ko‘ngil aynishi tufayli shifoxonaga olib kelindi. Tekshiruv chog‘ida musobaqada yeyilgan qalampir tufayli uning oshqozonida 3 santimetrlik teshik hosil bo‘lgani aniqlandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Erkak dunyodagi eng o‘tkir deb hisoblanuvchi chili qalampiri solingan gamburgerni yeganidan so‘ng ko‘ngli ayniy boshladi. U musobaqa davom etayotgan bir paytda shifoxonaga olib ketildi. Operatsiyadan so‘ng erkak yana 23 kun shifoxonada qoldi.
Izoh (0)