Elektromobillarning keng tarqalishi neft sanoati taraqqiyotiga tahdid solmoqda, bu birinchi navbatda investitsiyalarning sektordan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq. Bu haqda Fitch agentligi tahlilchilari xulosa qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Ularning hisob-kitoblariga qaraganda, elektrlashtirish va elektr energiyasi sohasiga diqqatning qaratilishi 14,7 trillion dollar miqdoridagi jahon korporativ qarzining chorak qismiga ta’sir ko‘rsatadi.
“Boshni qumga tiqib, o‘zlarini hech narsa bo‘lmaganday tutishga qaror qilishsa, bu muqarrar katta muammolarga olib keladi. Yoqilg‘i-energetika sektoriga strategiya kerak”, — deb ta’kidladi Fitch boshqaruvchi direktori Aleks Griffits.
Agentlikning qayd qilib o‘tishicha, “investitsion o‘lim spirali”, garchi uzoq istiqbolda ko‘rinsada, neft sohasiga jiddiy tahdid uyg‘otishi mumkin. Keyingi 10 yilda Yevropada elektromobillar miqdori 50 foizni tashkil qilishi kutilmoqda, shunda benzinga bo‘lgan ehtiyoj chorak qismga tushib ketadi. Bundan tashqari, Xitoy kabi o‘yinchilar benzinli avtomobillar ishlab chiqarishni keskin ravishda butunlay to‘xtatishi mumkin, bu esa kutilmagan natijalarga olib keladi.
Izoh (0)