“RoomGuru.ru” mehmonxona qidirish servisi MDH va yaqin xorij mamlakatlaridagi rossiyaliklar orasida mashhur tog‘-chang‘i kurortlari reytingini tuzib chiqdi. Reyting 2016-yil 30-dekabridan 2017-yil 8-yanvarga qadar band qilingan mehmonxona va ijara uylari haqidagi ma’lumotlar asosida tuzildi, deb xabar beradi “Anons.uz”.
MDH hududi bo‘yicha reytingga Qozog‘iston, Gruziya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududidagi kurortlar kiritildi. Bunda rossiyaliklarning MDH va yaqin xorijdagi qishki kurortlarga bo‘lgan talabi o‘tgan yilgiga nisbatan 15 foizga o‘sgani qayd qilindi.
MDH bo‘yicha eng mashhur tog‘-chang‘i kurortlari o‘ntaligi hamda ularning bir kunlik budjeti haqidagi ma’lumotlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Chimbuloq (Olmaota, Qozog‘iston), 78 dollar;
2. Gudauri (Tbilisi, Gruziya), 65 dollar;
3. Logoysk (Minsk, Belarus), 52 dollar;
4. Shohdog‘ (Boku, Ozarbayjon), 58 dollar;
5. Saxkadzor (Yerevan, Armaniston), 60 dollar;
6. Bakuriani (Tbilisi, Gruziya), 68 dollar;
7. Bukovel (Lvov, Ukraina), 56 dollar;
8. Chimyon (Toshkent, O‘zbekiston), 48 dollar;
9. Qorako‘l (Bishkek, Qirg‘iziston), 50 dollar;
10. Silichi (Minsk, Belarus), 52 dollar.
Izoh (0)