Amerikaning Minnesota shtati fuqarosi Dennis Erikson mahalliy cherkovga o‘z uyini vasiyat qilib qoldirdi. Uning vafotidan keyin uydan 30 ming o‘yinchoq mashina topildi. Bu haqda Kare11 telekanali ma’lum qildi, deb yozadi Motor.
Eriksonning yaqin qarindoshlari bo‘lmaganligi uchun uning barcha mol-mulki cherkovga o‘tgan. Cherkov xodimlari uning uyiga kelganda mashina modellarining ulkan kolleksiyasini topdi. O‘yinchoq mashinalar joylashtirilgan javonlar yotoqxona, mehmonxona, oshxona, kirxona, hammom va ikkita garajdan topilgan.Eriksonning tanishlari u avtomobillar to‘plashni to‘qqiz yoshida boshlaganini ma’lum qildi. O‘yinchoq mashinalardan iborat jo‘natmalar Eriksonning o‘limidan so‘ng ham uning manziliga kelishda davom etdi.
Cherkovning moliyaviy masalalari bilan shug‘ullanuvchi Liza Lyundstrem Eriksonning kolleksiyasi dunyodagi eng katta kolleksiyalardan biri ekanligini taxmin qildi. Liza agar barcha mashinalar sotilsa, olti raqamli summa hosil bo‘ladi, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)