“Ummon” guruhi vakillari Shohrux va Jasur oila qurganidan so‘ng bu holat ularning ijodiy faoliyatiga va reytingiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqidagi savolga javob berdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Jasur: “Tan olish kerak, cho‘chish hammada bo‘ladi. Tabiiyki, bizlarni ham bunday xayol chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki o‘zingiz aytganingizdek, muxlislarimizning aksariyatini qizlar tashkil etadi. Albatta, uylanish muxlislarning kamayishiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Ammo ish bilan bo‘lib oila, shaxsiy hayotni ham unutib qo‘yish kerak emas. Muxlislarning munosabatiga kelsak, ular bizning ijodimizga shinavandalik qilishlarini istardik”.
Shohrux: “Yashirin uylanib, keyin hammaga xuddi bo‘ydoqdek ko‘rinib yurish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Bu juda noto‘g‘ri. Tinglovchilarimiz bizni borimizcha qabul qilishlarini istaymiz”.
Zohid: “Hayotimizni yaxshi kunini barchaga e’lon qilib, yaqinlarimiz bilan birgalikda nishonlash kabi yoqimli narsani yashirish noto‘g‘ri. Ashaddiy muxlislarimiz bizning hayotimizdagi bunday yaxshi yangiliklardan xuddi o‘zimizdek xursand bo‘lishadi, deb o‘ylayman”.
Ma’lumot uchun, “Ummon” vakillaridan birinchi bo‘lib Jasur uylandi. Uning nikoh to‘yi 2015-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgandi. Shohrux esa 2016-yilning 15-avgust kuni oila qurdi. Guruhning yana bir a’zosi Zohid hamon bo‘ydoq.
Izoh (0)