Monte-Karloda bir million yevro uchun uchinchi poker turniri uch kunlik kurashlardan so‘ng yakuniga yetdi. Kanadada tug‘ilib, Gonkongda doimiy ravishda yashab kelayotgan biznesmen Elton Sang 11111111 yevrolik ramziy chekni Monte-Karlodan olib ketadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
OneDropExtravaganza turnirida yutuqli zonaga olti pokerist kirdi. 1,5 million yevro miqdoridagi minimal yutuqni kanadalik Endryu Peytling qo‘lga kiritdi. Musobaqa oxirida gonkonglik Sang va rossiyalik Anatoliy Gurtovoy qoldi. Shu paytga qadar o‘z faoliyatida Sang 600 ming dollar, Gurtovoy esa 1,5 million dollar yutuqqa ega bo‘lgan.
G‘alaba tufayli Sang Xitoy tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar yigirma beshligiga kirdi, Gurtovoy esa ikkinchi o‘rin uchun 5,4 million yevroni qo‘lga kiritdi hamda Rossiyaning 60-raqami deb tan olindi.
Izoh (0)